Navoiy davlat universiteti Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti Biologiya kafedrasi haqida
Navoiy davlat universiteti, “Biologiya” kafedrasi 1992- yilda tashkil etilgan. 2001 yilda kafedra “Umumiy biologiya” nomi bilan qayta nomlangan. 2015 yildan boshlab kafedraning nomi “Biologiya o`qitish metodikasi” ga o`zgartiriligan. 2021- yildan “Biologiya” kafedrasi nomi bilan yuritiladi. Kafedrada 43 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib boradi, shundan, 2 nafar akademik,1 nafari professor, 13 nafar dotsent, 8 nafar PhD, 4 nafar katta o’qituvchi, tashkil etadi.Kafedraning ilmiy salohiyati 65% ni tashkil etadi Kafedrada professor-o‛qituvchilar tomonidan 80 dan ortiq darslik, o’quv qo’llanma, o‛quv-uslubiy qo‛llanmalar chop etilgan. 2024 yil sentabr oyidan boshlab, “Biologiya” kafedrasini professor. A.J.Kushakov boshqarib kelmoqda.


