“Biologiya kafedrasi dotsenti M.N. Ibodova 2024-yil 28-oktabr kuni Biologiya ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 401, 402 va 403-guruh talabalariga ‘Biologiya o‘qitish metodikasi’ fanidan ‘Biologiyadan olimpiada o‘tkazish metodikasi’ mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.


Ushbu mashg‘ulot davomida talabalarga fan olimpiadalarini tashkil etish tartibi, ularni o‘tkazish bosqichlari, savol-topshiriqlarni tuzish va baholash mezonlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Dars jarayonida interfaol usullar, guruhiy ishlash, savol-javob va amaliy topshiriqlar qo‘llanildi. Talabalar olimpiadaga tayyorgarlik jarayonida uchraydigan muammolar va ularni hal etish yo‘llari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. Ochiq dars kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi va ularning e’tiborida bo‘ldi. Tashkil etilgan mashg‘ulot talabalar uchun nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.”



