Kafedra dotsenti J.Umarovaning “Genetika va seleksiya asoslari”fanidan“O’zgaruvchanlik va uning xillari. Genotipik o`zgaruvchanlik” mavzusida ochiq dars o‘tkazdilar.


Dars jarayonida talabalarga genetikaning asosiy tushunchalari, o‘zgaruvchanlikning mohiyati va turlari, genotipik o‘zgaruvchanlikning biologik ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Ochiq dars davomida interfaol metodlardan foydalanildi, talabalar bilan savol-javoblar, amaliy misollar va muhokamalar olib borildi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etib, darsning sifatini kuzatdilar hamda o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ushbu ochiq dars nafaqat talabalar uchun yangi bilim manbai bo‘ldi, balki ularning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Shuningdek, talabalarda mustaqil fikrlash, ilmiy tahlil qilish va mavzuni amaliyot bilan bog‘lash ko‘nikmalari shakllantirildi.”



