Bugungi kunda insoniyat o‘z turmush tarzi davomida turli xavf-xatarlarga duch kelmoqda. Mana shunday xavf-xatarlar orasida shunday bilinmas, ko‘zga ko‘rinmaslari ham borki, ammo ularning keltirib chiqaradigan zararli oqibatlar anchayin jiddiy hamda e’tiborga molikdir. Barchaga ma’lumki, turli kasallik va viruslarning inson hayotiga ta’siri haqida ogohlikni oshirish XXI asr oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir. Har yili 1-dekabr sanasida “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” nishonlashi o‘ziga xos ma’no kasb etadi. Zero, hozirgi davrda OIV/OITS kasalligining xavfi har qachongidan ham yuqori va u bilan kurash butun dunyo hamjamiyati uchun bosh vazifadir.
Shu munosabat bilan Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti 1-kurs Biologiya, Biotexnologiya va Ekologiya ta’lim yo’nalishlari talaba yoshlari ishtirokida 1 dekabr – Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuniga bag’ishlangan “Infeksion jarayonning yuzaga kelish sabablari. OITS XXI asr vabosi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirga Biologiya kafedrasi mudiri prof. A.J.Kushakov, Umumiy tibbiy fanlar kafedrasi dotsenti t.f.n D.E.Quvandiqova, Navoiy viloyati OITS ga qarshi kurashish markazi terapevti D.S.Davronova, OITS ga qarshi kurashish markazi Metodik, profilaktik va epidemiyaga qarshi ishlarni tashkil qilish bo’limi mudiri H.K. Turdiyev, OITS ga qarshi kurashish markazi Metodik, profilaktik va epidemiyaga qarshi ishlarni tashkil qilish bo’limi epidemiologi F.A.Alimova, OITS ga qarshi kurashish markazi Metodik, profilaktik va epidemiyaga qarshi ishlarni tashkil qilish bo’limi epidemiologi I.Primov, OITS ga qarshi kurashish markazi terapevti Qorbonov B, Biologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdilar.
OIV/OITSning oldini olish bo‘yicha o‘tkazilgan badiiy-musiqiy tadbirda talabalar chiqishlarini tayyorlagan mas’ul o‘qituvchilar:
- Baxodirova U.B.- Biologiya kafedrasi dotsenti b.f.f.d.(PhD)
- Ummatova M.E.- Biologiya kafedrasi dotsenti b.f.f.d.(PhD)
- Jumayeva H.Sh.- Umumiy tibbiy fanlar kafedrasi v.b.dotsenti
- Raxmonova D.O.- Biologiya kafedrasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ul o’qituvchi
Biologiya va biotexnologiya, ekologiya ta’lim yo‘nalishlari 1-kurs talabalarining OITS (OIV-infeksiya) haqidagi badiiy-musiqiy chiqishi – bu nafaqat ijodiy yondashuv, balki o‘ta dolzarb mavzuni yoshlar orasida keng yoritishning samarali usuli bo‘ldi.
Ayniqsa ta’kidlab o‘tish joizki, talabalar:
- “OITS – asr vabosi!” mavzusida o‘zlari yozgan yoki tanlagan she’rlar o‘qishdi;
- Videorolik tayyorlab, kasallikning oldini olish yo‘llarini vizual tarzda yetkazishdi;
- “O‘z yo‘lingni o‘zing tanla” sahna ko‘rinishlari orqali yoshlarga xavf-xatarli yo‘llardan voz kechib, to‘g‘ri hayot tarzini tanlash muhimligini ko‘rsatishdi;
- Tadbir doirasida “OIVga qarshi kurash – hayot uchun kurash” mavzusidagi rasmlar tanlovi ham yuqori saviyada o‘tkazildi.
- “Siz hayotni tanlang!” shiori ostida hisobot taqdim etib, OIVning oldini olish bo‘yicha real ma’lumot va tavsiyalar berishdi.
Bunday tadbirlar talabalarda nafaqat kasbiy bilimlarni mustahkamlashga, balki ijtimoiy mas’uliyat, sog‘lom turmush tarzi va o‘zgalarga yordam berish tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.







