Suyaklarning tuzilishi va tarkibini aniqlash

Kafedrasi  o‘qituvchisi Sayfullayev Asilbek Farhod o‘g’lining Odam anatomiyasi va fiziologiyasifanidan“Suyaklarning tuzilishi va tarkibini aniqlash” mavzusida  o‘tkazgan ochiq darsi mazmunli o`tdi.

Dars davomida talabalar suyaklarning tashqi va ichki tuzilishi, ularning organizmdagi vazifalari hamda suyak to‘qimalarining tarkibi haqida batafsil bilimga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulot jarayonida laboratoriya jihozlari va ko‘rgazmali materiallardan keng foydalanildi. Talabalar nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash imkoniga ega bo‘ldilar, suyaklarning mikroskop ostida kuzatilishi va tarkibiy qismlarini tahlil qilish orqali o‘z ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Ochiq dars interfaol metodlar asosida tashkil etilib, talabalar faol ishtirok etishdi, mavzuga oid savollarga javob berishdi va mustaqil fikr-mulohazalarini bildirishdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari ham darsni kuzatib, uning samarali o‘tganini ta’kidladilar. Ushbu ochiq dars talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.