“Ustozim hayotim chirog’i” mavzusida tadbir

2024 yil 27-sentabr sanasida Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti talabalari ishtirokida 1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan  “Ustozim hayotim chirog’i”  mavzusida tadbir o’tkazildi.

Tadbirga Tabiiy fanlar  fakulteti dekani b.f.n. dots B.Ye.Jumaboyev, Yoshlar masalalari bo’yicha dekan muovini Sh.H.Sulaymonov, Biologiya kafedra mudiri A.J.Kushakov, Kimyo kafedrasi mudiri K.Hamroyev va fakultet Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi S.Botirova, Biologiya kafedrasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ul o’qituvchi D.O. Raxmonova hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdilar.