Qadring baland bo‘lsin, ona tilim

2024 yil 21-sentabr kuni “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida va  21-oktabr — O’zbek tili bayrami kuniga bag’ishlab “Ona tilim-asl durdona tilim” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda o‘zbek tilining beqiyos qadri va xalqimiz ma’naviyatidagi o‘rni, milliy o‘zligimizni ifodalovchi asosiy omil sifatida ona tilimizning ulug‘ligi haqida so‘z yuritildi. Talabalar o‘z ijodiy chiqishlari orqali o‘zbek tilining go‘zalligi va boyligini tarannum etdilar, she’rlar, sahna ko‘rinishlari va qo‘shiqlar bilan tadbirga badiiy ruh bag‘ishladilar. Professor-o‘qituvchilar ham so‘zga chiqib, tilimizni qadrlash va uni yanada rivojlantirish borasidagi fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ushbu tadbir ishtirokchilarda ona tilimizga mehr-muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirdi hamda yoshlarni tilimizni asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga to‘liq yetkazish mas’uliyatini his etishga undadi.”