Qon quyish markaziga tashrif

Biologiya ta’lim yo’nalishi talabalariNavoiy viloyati, Navoiy shahar “Qon quyish markazi»ga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ular qon donorligi jarayoni,qonni havfsiz olish usullari va  qon taqdim qilishning ahamiyati bilan tanishdilar. Shuningdek, talabalar qon donorligi yordami orqali bemorlarga qanday yordam beriladigani haqida ma’lumot olishdi. Bu sayohat talabalarda insonparvarlik, hamkorlik va jamoaviy mas’uliyat hissini rivojlantirishga xizmat qiladi va darslarda olingan nazariy bilimlarni yanada mustahkamlanishiga zamin yaratadi.