Biologiya kafedrasi respublika ilmiy-amaliy konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200 qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘iga asosan joriy yilning 3-4-oktabr kunlari Navoiy davlat universitetining Tabiiy fanlar va tibbiyot fakulteti Biologiya kafedrasi tomonidan tashkil qilingan “Iqlim oʻzgarishi sharoitida ekologiya, iqtisodiyot va barqaror rivojlanish muammolari va ularning yechimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiya 5 ta shubadan tashkil topgan. Shuba yo’nalishlari quyidagilardan iborat:   

  1. Iqlim o‘zgarishi va ekologik muammolar
  2. Iqtisodiy barqarorlik va yashil iqtisodiyot
  3. Energetika va innovatsion texnologiyalar
  4. Ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish
  5. Xalqaro hamkorlik va milliy siyosat

5 ta shubaning har biriga 50 taga yaqin jami 200 tacha maqola qabul qilingan. Konferensiya ham onlayn, ham oflayn tarzda olib borildi.

Konferensiyada o’zining maqolalari bilan qatnashgan bir qator professor-o’qituvchilar, olimlar va yosh izlanuvchilarni ko’rishingiz mumkin.