1992-yilda qabul qilingan Biologik xilma-xillik to’g’risidagi konvensiyaning asosiy maqsadlari tabiatni muhofaza qilish va biologik resurslardan barqaror foydalanishga chorlamoqda. Sh munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ―1992-yilda Rio-deJaneyroda imzolangan Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida‖ 1995-yil 6-maydagi 82-I-son qarori bilan, biologik xilmaxillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni taʼminlash, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarniri vojlantirish va kengaytirish, tabiiy ekologik tizimlarning tanazzulga uchrashi surʼatlarini pasaytirish, hayvonlar va oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolib borayotgan turlarini qayta tiklash, bioxilma-xilligini saqlab qolish sohasidagi xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ko‘plab amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan Navoiy davlat universitetida 2026-yil 15-16-may kuni “Biologik xilma-xillik, yashil iqtisodiyot, ekologik muvozanat muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.


Tadbirni universitetimiz rektori, professor Muxiddin Kalonov ochib berib, ekologik muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlik va “Yashil makon” harakatining ahamiyati haqida fikrlarini bildirdi. Navoiy davlat universitetda o‘tkazilayotgan — Biologik xilma-xillik, yashil iqtisodiyot va ekologik muvozanat: muammolar va yechimlar mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tabiiy fanlar yo’nalishida faoliyat olib borayotgan xorijiy va respublika olimlari, tadqiqotchilar, professor-o’qituvchilar, doktorantlar va yosh izlanuvchilarni birlashtirib, dolzarb ekologik muammolarni ilmiy jihatdan tahlil qilish, zamonaviy yechimlarni ishlab chiqish hamda ilg’or tajribalarni ommalashtirish uchun muhim ilmiy tajribalar maydoniga chorlaydi.


Xalqaro konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad–kelajak avlod uchun toza, xavfsiz va barqaror atrof-muhitni qoldirish maqsadida, iqtisodiy o‘sish bilan tabiat musaffoligini uyg‘unlashtiruvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishdan iborat.
Anjumanda Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Belarus, Nepal kabi o‘ndan ortiq davlatlardan olimlar va ekologlar ishtirok etdi.


Konferensiyada biologik xilma-xillikni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligi, inson salomatligi va ekologik barqarorlikka oid muhim ma’ruzalar tinglandi. Anjuman yakunida ishtirokchilar sho‘balarda muhokamalarni davom ettirib, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qator takliflarni ilgari surishdi.


Konferensiya to’plamini yuklab olishingiz mumkin


