Biotexnologiya ta’lim yo‘nalishi — biologiya, kimyo, genetika va muhandislik fanlarining zamonaviy yutuqlariga asoslanib, tirik organizmlar, hujayralar va biomolekulalardan foydali mahsulotlar ishlab chiqarish, ekologik muammolarni hal etish hamda inson salomatligini yaxshilashga xizmat qiluvchi sohadir.
Biotexnologiya ta’lim yo‘nalishining maqsadi
Biotexnologiya ta’lim yo‘nalishining asosiy maqsadi —
zamonaviy biologiya va texnologiya yutuqlarini uyg‘unlashtirgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash;
tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati sohalarida samarali innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga qodir kadrlarni yetishtirish;
ekologik muammolarni hal etish va inson salomatligini yaxshilashga xizmat qiluvchi ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni amalga oshirishdir.


